Markaziy bank talabalar uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qildi

Tanlovda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya instituti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent shahridagi INHA universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroiqtisodiyot, statistika yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriaturaning kunduzgi bo‘limining 4-kursida hamda magistraturada ta’lim olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.

Asosiy mezonlari:

o‘quv jarayonida yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lish;
(IELTS - 6.5) sertifikatiga ega bo‘lganlar ingliz tili testidan ozod etiladi;
Barcha hujjatlar talaba tahsil olayotgan universitet yoki institutning rektoratiga 2022-yil 9-sentabrgacha topshiriladi.

Hujjatlarni qabul qilish muddati - 2022-yil 6-9-sentabr, ko‘rib chiqish va tanlov - 12-sentabr - 20-sentabr.

P.S. 2022/2023-o‘quv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 3-oktabrdan boshlab tayinlanadi.