Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlari Afg'onistonni hartomonlama qo'llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

7-iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Preventiv diplomatiya markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlarining virtual formatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida Afg‘onistonning mintaqaviy integratsiya jarayonlariga keng jalb qilinishi mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlikni qaror topishiga yordam berishini ta'kidlandi. Shu sababli, Markaziy Osiyo tashqi siyosat idoralari rahbarlari afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish uchun mintaqaviy sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligi qayd etdilar.
Mintaqa davlatlari ko‘magi bilan Afg‘oniston hududida energetika, transport-kommunikatsiya sohalarida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning muhim jihatlari qayd etildi. Shuningdek, tomonlar pandemiya paytida afg'on xalqiga gumanitar yordam ko'rsatish masalalarini muhokama qildilar.






