«Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqoti - TIVning 9-yigʻilishi

Joriy yilning 22-25-dekabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining 9-yigʻilishida ishtirok etish uchun Yaponiyaning Tokio shahriga tashrif buyuradi.

Qayd etilishicha, boʻlajak tadbir kun tartibidan transport bogʻliqligi, logistika, sanoat kooperatsiyasi, sogʻliqni saqlash, taʼlim, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish sohalarida hamkorlik masalalari oʻrin olgan.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri qator ikki va koʻp tomonlama muzokaralar oʻtkazishi kutilmoqda, shuningdek, Yaponiya ishbilarmon doiralari vakillari hamda vatandoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.