Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi boshlandi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi.
Majlisda Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan gender tenglikka erishish siyosatini amalga oshirish xususida fikr almashish, mintaqa xotin-qizlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi masalalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti deklaratsiyasini qabul qilish va Yetakchi ayollar muloqoti ishtirokchilarining Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlariga murojaat qilishi rejalashtirilgan.






