Markaziy Osiyo yetakchi ayollari uchrashuvida deklaratsiya qabul qilindi

O‘zbekiston Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotidagi raisligi doirasida o‘zaro hamkorlik mexanizmini mintaqada xotin-qizlar o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan yangi, sifatli maslahatlashuvlar platformasiga aylantirish uchun barcha sa’y-harakatlarini ishga solmoqchi ekani bildirdi.

Parlamentning yuqori palatasi rahbari Muloqotning 2021 yilga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi, shuningdek, Barqaror rivojlanish sohasida tadbirkor xotin-qizlar o‘rtasidagi hamkorlik “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning asosiy yo‘nalishlariga urg‘u berdi.

Forum yakunlari bo‘yicha Deklaratsiya qabul qilindi. Ushbu hujjatda xotin-qizlar hayoti va faoliyatining barcha sohalardagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilgan.