Markaziy Osiyoda elektr energiyasi muammosi ancha keskin

Xabarlarda qayd etilishicha, Yevroosiyo taraqqiyot banki Markaziy Osiyodagi energetika muammosini qanday hal qilishni biladi. Bankning yangi loyihasi isteʼmolchilar uchun elektr energiyasi tariflarini 50 dollardan 35 dollargacha pasaytiradi.
Shuningdek, ma’lumotlarga ko’ra, Markaziy Osiyo suv-energetika kompleksiga 11 mlrd dollar sarmoya kiritish rejalashtirilmoqda.
YeOTB mintaqa energetika tizimini rivojlantirishga homiylik qilishga tayyor: jami bank umumiy qiymati 63 mlrd dollardan ortiq boʼlgan 93 ta loyihani koʼrib chiqdi.
Markaziy Osiyoda elektr energiyasi muammosi ancha keskin: yanvar oyida mintaqada blekaut qayd etilgan edi. Elektr energiyasidan uzilishlar Qirgʼiziston, Qozogʼiston va Oʼzbekistonda kuzatilgan.






