Markaziy Osiyoning Investitsiya salohiyati

Toshkent xalqaro investitsiya forumining ikkinchi kuni o'z ishini davom ettirmoqda va kun tartibining birinchi yarmidan "Markaziy Osiyoning investitsiya salohiyati" mavzusidagi panel munozara joy oldi.

Tadbirda Bosh vazir o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bagdad Amreev ishtirok etdilar.

Tadbirda Markaziy Osiyoning Investitsion faoliyati va salohiyatini chet mamlakati investorlariga taqdim etish, jozibadorligini oshirish va investitsiya oqimini sohalar kesimiga jalb etish masalalari muhokama etildi.

Investitsiyaviy jozibadorlik Markaziy Osiyo (MO) mamlakatlarining taraqqiyotida asosiy oʻrinni egallaydi. Makroiqtisodiy barqarorlik, foydali qazilmalar, sezilarli ichki bozor, malakali ish kuchi, iqtisodiyot sektorlarining jadal oʻsish surʼatlari va mintaqa mamlakatlarining ijobiy biznes-muhiti – investorlar uchun jozibadorlikning eng muhim koʻrsatkichlari hisoblanadi.

Sardor Umurzakovning ta'kidlashicha, har bir hukumat o'z davlatiga investitsiya jalb qilmoqchi bo'lsa, avval qo'shnilariga nazar solishi kerak. Chunki investorlar nafaqat ayni bir davlatni, balki u joylashgan hududni, qo'shni mamlakatlar bilan bo'lgan savdo munosabatlarini ham baholaydi. Shu maqsadda, Markaziy Osiyo mamlakatlari birdamlikda rivojlanish sari qadam tashlashlari zarur.