Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining Farmoyishiga asosan Jaloliddin Qudratovich Usmanov Markaziy saylov komissiyasi Raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

Jaloliddin Usmanov shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan.