Markaziy saylov komissiyasi mobil ilovasi ishga tushdi

"Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini ochiq, oshkora va shaffof o‘tkazish maqsadida “Saylov2021.uz” axborot portali va mobil ilovasi yaratdi hamda MSK rasmiy veb sayti modernizatsiya qildi.

“Saylov2021.uz” axborot portalining asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi haqidagi kerakli ma’lumotlarni bir manzilga jamlash hamda aholi va jamoatchilik vakillari e’tiboriga taqdim etishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tegishli barcha ma’lumotlarni mazkur portaldan olishingiz mumkin. Portal saylov kampaniyasi davrida faoliyat olib boradi. Saylov natijalari e’lon qilingandan so‘ng, o‘z faoliyatini yakunlaydi".

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati rahbari, Jaloliddin Usmonov xabar berdi.