Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligi: poydevori, istiqbollari, geostrategik ahamiyati

2021 yil 18 avgust kuni “Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligi: poydevori, istiqbollari, geostrategik ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi va Markaziy Osiyo xalqaro instituti bilan birgalikda tashkil etildi.

Tadbir davomida 2021 yil iyul oyida Toshkent shahrida O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” konferensiyasi yakunlari atroflicha muhokama qilindi va tahlil qilindi.

Ilmiy-amaliy konferensiya yakunlari bo‘yicha kitobxonlarning keng doirasi uchun “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi Toshkent konferensiyasining asosiy natijalari va yutuqlarini batafsil izohlab beruvchi uslubiy qo‘llanma tayyorlashga qaror qilindi.