Marokashdagi futbol maydoniga Hakimi nomi berildi

Parijning PSJ klubi 24 yoshli futbolchisi onasi va akasi bilan birga Al-Kasr al-Kabir shahrida oʻtkazilgan marosimga tashrif buyurdi. Hakimining kelishi munosabati bilan Marokash terma jamoasining sobiq va mahalliy futbolchilari oʻrtasida oʻyin tashkil etildi.

Futbol maydoniga yosh futbolchining nomi berilishiga sabab uning Jahon Chempionatida Marokash milliy jamoasida yorqin o'yin ko'rsatganidir.