Mart oyida 25 kun davom etgan yogʼingarchilik drenaj tizimidagi kamchiliklarni koʼrsatgan

Drenaj tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ushbu yoʼlaklarni loyihalashda lotoklar qurishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Poytaxtda ham 250 kilometr sement-beton qoplamali yoʼllar quriladi. Bu ishlar uchun Toshkent shahri mahallalarini obod qilishga ajratilgan 1 trillion soʼmga yana 200 milliard soʼm yoʼnaltiradi.

Bulardan tashqari, 2022-yilda tuman markazlari va shaharlarda 670 kilometr piyoda va velosiped yoʼlaklari barpo etish reja qilingani, ular ham sement-betondan boʼlishi kerakligi aytildi.

Mart oyida 25 kun davom etgan yogʼingarchilik drenaj tizimidagi kamchiliklarni koʼrsatgan, shu bois ushbu yoʼlaklarni loyihalashda lotoklar qurishga ham alohida eʼtibor qaratish zarurligi qayd etildi.