Mart oyidan Milan va Parijga parvozlar tiklanadi

“Uzbekistan Airways” 2023-yil 28-martdan boshlab “Toshkent – Milan – Toshkent” va 31-martdan “Toshkent – Parij – Toshkent” yoʼnalishida aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. Parvozlar haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, “Toshkent – Milan” yoʼnalishida aviachiptalar 4 391 000 soʼmdan, “Toshkent – Milan – Toshkent” yoʼnalishida esa 6 084 752 soʼmdan boshlanadi. “Toshkent – Parij” yoʼnalishida aviachiptalar 4 317 000 soʼmdan, “Toshkent – Parij – Toshkent” yoʼnalishida esa 6 337 975 soʼmdan boshlanadi.