Mashinaga qo’yilgan taqiqni tekshirish – endi Online formatda

Endilikda YIDX portalida mashinalarga qo’yilgan taqiqlarni tekshirish imkonini beruvchi yangi xizmat ishga tushirildi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida endilikda sud, majburiy ijro, soliq va bojxona organlari, ichki ishlar organlari, notarial idoralarda qarzdorlik, kredit majburiyatlari va boshqa holatlar yuzasidan taqiq qo’yilgan yoki qo’yilmaganligini tekshirish uchun ariza yuborish xizmati ishga tushdi.
Ta`kidlash joizki, xizmat bepul va ariza yuborilgan vaqtning o’zida javob olish imkoniyati bor.
Ma’lumot uchun, ushbu xizmatdan foydalanish uchun avtomashina ariza topshirayotgan shaxsing o’ziga tegishli bo’lishi zarur, boshqa dalolatnomalar orqali bu xizmatdan foydalanish imkoniyati mavjud emas.






