«Masjid xizmatchilari – insoniyat elchilari» dasturi

Saudiya Arabistoni ikki muqaddas masjid ishlari bo‘yicha bosh boshqarmasi BMTning “Butunjahon gumanitar yordam kuni” munosabati bilan “Masjid xizmatchilari – insoniyat elchilari” dasturini ishga tushirdi. Dastur Makka va Madina shaharlaridagi ikki muqaddas masjid va boshqa joylarda keksalar hamda imkoniyati cheklangan insonlarga o‘z ibodatlarini bajarishda yordam berayotgan ko‘ngillilarni e’zozlashga qaratilgan.

Odatda, bunday ko‘ngilli insonlar ziyoratchilar uchun nogironlik aravachalarini bepul yetkazib berishadi va har dushanba - payshanba kunlari iftorlik tarqatishda ishtirok etadilar.

Boshqarmaning ijtimoiy, ko‘ngillilar va gumanitar masalalar bo‘yicha vakili Shayx Xolid bin Fahad al-Shalaviyning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistoni butun dunyo bo‘ylab muhtojlarga yordam berish uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan ishchilar va ko‘ngillilarga hurmat bajo keltirish uchun “Jahon gumanitar yordam kunini nishonlamoqda”.

Shuningdek, bu yoshlarning ogohligini oshirib, yordam ishlariga jalb qilishga undaydi, deydi u.