Mask 2022-yilda 140 mlrd dollar yo‘qotdi, Tesla aksiyalari pastlamoqda

Bloomberg Billionaires Index ma'lumotlariga ko'ra, Ilon Mask 2022-yilda Tesla aksiyalarini 140 milliard dollar yo'qotdi. Kuchli pasayishiga qaramay, Maskning 130 milliard dollarlik sof boyligi uni 28-dekabr holatiga ko'ra dunyodagi ikkinchi eng boy odamga aylantiradi.
Birinchi o'rinni LVMH asoschisi va bosh direktori, magnat Bernard Arno egalladi. Uning boyligi 163 milliard dollarga baholangan. Reytingda uchinchi o‘rinni 116 milliard dollar bilan hindistonlik tadbirkor Gautam Adani egallab turibdi.
Tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra, yil oxirigacha Ilon Mask boyligining umumiy yo‘qotilishi taxminan 140 milliard dollarni tashkil etadi, chunki Tesla aksiyalari narxi pasayishda davom etmoqda.
Joriy yil boshida Mask milliarderlar ro‘yxatini ishonchli tarzda boshqarayotgan edi, biroq yil boshidan buyon Tesla aksiyalarining 68 foizga pasayishi o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Mask oktabr oyi oxirida Twitterni 44 milliard dollarga sotib olganidan beri Tesla aksiyalari Nasdaq 100’ning atigi 3 foizga tushishi bilan solishtirganda 50 foizga tushdi. Mask Twitterni sotib olishni moliyalashtirish uchun Teslaning milliardlab dollarlik aktsiyalarini ham sotdi.
Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, Maskning SpaceXdagi ulushi endi uning eng qimmat aktivi bo'lib qolmoqda, ya'ni 47 milliard dollar. Ayni paytda, Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra, Maskning Tesladagi ulushi taxminan 40 milliard dollarni tashkil etadi va uning Tesladagi optsionlari yana 28 milliard dollarga teng.
Maskga tegishli bo'lgan keyingi eng qimmat aktiv Twitter bo'lib, Bloomberg tomonidan u 20 milliard dollarga baholangan.






