Mask paraplegik (shol)larni qayta oyoqqa turg’izmoqchi

Uning so'nggi loyihasi hisoblangan Neuralink inson miyasini to'g'ridan-to'g'ri kompyuterlar bilan bog'laydigan miya implantini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya hisoblanadi. Maskning ta'kidlashicha, ushbu miya-kompyuter interfeysi odamlarga faqatgina fikrlash orqali harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi. Maskning oliy maqsadlaridan biri - paraplegiklarga (shol, falaj) o'z mustaqilligini tiklashga yordam berish.
Lekin bu shu yerda to'xtab qolmaydi. Ushbu texnologiya, Maskning fikricha, bir kun kelib nafaqat miya kasalliklarini davolaydi, balki xotiralarni saqlab qoladi. Shunda odamlar xotiralarni fotoalbomlar kabi eslab, ko’rishlari mumkin bo’ladi.
Ammo ko'plab mutaxassislar Maskning Neuralink implantlari haqidagi umidlari juda bo’rttirilgan deb hisoblashmoqda.






