Mask sunʼiy intellekt yaratayotganini tan oldi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask “ChatGPT”ga raqobatchi boʻla oladigan sun’iy intellekt yaratishni rejalashtirgani haqida aytilgan xabarlarni tasdiqladi. U bu haqda “Fox News”ning “Tucker Carlson Tonight” koʻrsatuvida soʻz ochdi.

“Men "TruthGPT” deya nomlanadigan bir narsa yaratmoqchiman. U koinot tabiatini tushunish borasida maksimal haqiqatni izlovchi sun’iy intelekt boʻladi. Menimcha, bu xavfsizlik borasida ham eng yaxshi bo'lishi mumkin, ya'ni koinotni anglash ustida ishlaydigan sun'iy intellekt odamlarni yo'q qilishi dargumon, chunki biz koinotning qiziqarli bir qismimiz”, deya taʼkidladi u.

Avvalroq, Ilon Mask mart oyi boshida “X.AI” deb nomlanadigan startapni roʻyxatdan oʻtkazgani haqida xabar bergan edik.