Mask Trampga Twitterga kirish huquqini qaytarmoqchi

Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog’ini sotib olish boʼyicha kelishuvni yopgach, AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga tarmoqqa kirish huquqini qaytaradi.
"Menimcha, Donald Trampni taqiqlash notoʼgʼri boʼldi", deydi biznesmen. Uning fikricha, bunday choralar faqat bot akkauntlariga tegishli.
Аvvalroq Twitter Maskning 44 milliard dollarga sotib olish taklifini qabul qilgandi.Tadbirkor saytni "iloji boricha qiziqarli" qilishga vaʼda bergan edi.






