Mask Twitterda Apple reklamalari tiklanganini ma’lum qildi

Bloomberg xabarida qayd etilishicha, Apple Twitterda reklama joylashtirishni to‘liq tikladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq rahbari Ilon Mask Twitter Spaces ovozli chatida ma’lum qilgan. Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, Apple ijtimoiy tarmoqning eng yirik reklamachisi hisoblanadi.

Mask avvalroq Apple Twitterda reklama berishni rad etishdan tashqari, ilovani App Storedan olib tashlash bilan tahdid qilganini aytgan edi. Shu fonda milliarder Apple “Amerikada so‘z erkinligidan nafratlanishini” ham bildirgan.

Shundan so‘ng Mask elektronika ishlab chiqaruvchisi rahbari Tim Kuk bilan uchrashgan va “Twitterning App Storedan olib tashlanishi mumkinligi haqidagi tushunmovchilik” bartaraf etilganini aytgan.