Mask YouTube ijtimoiy platformasi

YouTube tomoshabinlarni aldab, soxta Ilon Mask videolarini joylashtirayotgan kiberjinoyatchilar tarmog‘iga qarshi kurasha olmagani uchun qattiq tanqid ostiga olinmoqda. Jinoyatchilar akkauntlarni buzgan holda, soxta kriptovaluta sovg‘alarini targ‘ib qiluvchi videolar joylashmoqda.

BBC News bu kabi ko’plab translatsiyalar ushbu oyning o’zida to'rt kun davomida o'n minglab odamlar tomonidan tomosha qilinganini isbotlab turibdi.

Seshanba kuni Ilon Mask YouTube ijtimoiy platformasi "firibgarlik reklamalari" bilan kurasha olmayotganini da’vo qildi. YouTube esa bunga javob tariqasida, yuqoridagi firibgar kanallarga barham berishini ta’kidladi.

Ko'p oylar davomida jinoyatchilar efirlar orqali minglab odamlarni aldab, ulardan kriptovaluta undirib olishgan hamda Ilon Mask ularga mukofot beradi deya quruq va’dalar berib kelishgan.