Maskning 4 yil oldin koinotga uchirgan rodsteri hozir qayerda?

To'rt yil oldin, dunyodagi eng kuchli raketa - SpaceX kompaniyasining “Falcon Heavy” fazo kemasi Florida shtatidan ilk parvozni amalga oshirdi. Uning bortida esa faqatgina Maskning shaxsiy Tesla rodsteri bor edi xolos.
"Starman" (Yulduz odam) laqabli skafandr kiygan maneken o'tirgan qizil sport avtomobili hali ham kema bortida quyosh atrofida yolg'iz orbital yo'lni bosib, Mars atroflarida, ba’zida esa Yer orbitasi atrofida kezib yuribdi.
Dushanba (7-fevral) holatiga ko'ra, rodster Yerdan 234 million milya va Marsdan taxminan 200 million milya uzoqlikda koinotning inson qadami yetmagan yerlarida parvoz qilmoqda.
Saytning ma’lum qilishicha, so'nggi to'rt yil ichida rodster (yo'ltanlamas) qariyb 2 milliard mil yalang vakuum yo'lini bosib o'tdi va quyosh atrofidagi 2,6 ga yaqin aylanmani amalga oshirdi.
Ammo u vaqti-vaqti bilan boshqa samoviy jismlarga yaqinlashadi. 2020-yilda avtomobil Marsga birinchi bora yaqinlashib sayyorada 5 million milya masofani bosib o‘tdi. Bu Yer va Oy orasidagi masofadan taxminan 20 baravar ko‘p.
Bir ilmiy maqolada kemaning keyingi 15 million yil ichida Yer bilan to‘qnashuvi ehtimoli taxminan 22 foizni tashkil etishi taxmin qilingan. Venera yoki Quyoshga qulash ehtimoli esa 12% ni tashkil qiladi.






