Mast haydovchi Qirg'iziston prezidenti kortejiga urilib ketdi

Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarovning Issiqko'l viloyatiga safari chog'ida uning kortejiga mast haydovchi boshqaruvida bo'lgan avto ulov urilib ketdi.

AKIpress IA prezident matbuot xizmati bergan ma'lumotlarga asoslanib xabar berishicha, davlat rahbarining Issiqko'l viloyatiga safari choh'ida, ya'ni 4 iyun kuni eskort transport vositalari ishtirokida yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan.

Yo'lning Ananyevo qishlog'i yaqinidagi qismida, unga hamroh bo'lgan shaxslarga tayinlangan avtomashinani qarama-qarshi chiziqqa ketayotgan yo'lovchi avtomobili urib yuborgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, qarama-qarshi yo'nalishga chiqib ketgan avtomobil haydovchisi mast holatda bo'lgan.

Ushbu baxtsiz hodisa natijasida Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi (davlat xavfsizligi) 9-xizmati xodimlari orasida uch kishi jarohatlangan va bir kishi vafot etgan.

Qirg'izistonning boshqa bir nashri Kloopning yozishicha, Sadir Japarov boshqa mashinada bo'lgan va jarohat olmagan.