Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari Oliy Majlisi Senati tomonidan taqdirlandilar

Bugun, 27-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yangi binosida Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Senat Raisi Tanzila Narbayeva va OAV vakillari o’rtasida uchrshuv tashkil etilib, unda soha vakillarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Oliy Majlisi Senati binosiga tashrif chog’ida, OAV xodimlari uchun bino bo’ylab kichik ekskursiya tashkil etildi. Shuningdek jurnalistlar hamda Senat Raisi o’rtasida o’zaro suhbat tashkil etilib, fikr-mulohazalar almashinildi.

Tadbir davomida, Senat Raisi Tanzila Narbayeva bugungi sana munosabati bilan, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini samimiy qutlab, ularga iliq tilaklar bildirdi. Hamda tadbir so’ngida, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan OAV vakillarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.