Matematika fanidan xalqaro olimpiadada hamyurtlarimiz bir necha medallarni qo'lga kiritdilar

2021 yilning 2-7 avgust kunlari universitet talabalari o‘rtasida Xalqaro matematika musobaqasi (IMC - International Mathematical Competition) bo‘lib o‘tdi.
Ushbu olimpiadada 55 dan ortiq davlatdan 592 nafar talaba ishtirok etdi. Talabalarimiz Xalqaro matematika olimpiadasida 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4+1 ta bronza medal va 2 ta faxriy yorliqni qo‘lga kiritishdi.
Jumladan, AQSh, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan yoshlar olimpiadada ishtirok etishdi.
Bularning barchasi mamlakatimizda ta’lim, ilm-fan,iste’dodli yoshlar safini kengaytirish borasidagi ezgu ishlarning amaliy natijasidir.






