Mattarella Italiya Prezidenti etib qayta saylandi

Italiyaning amaldagi Prezidenti 80 yoshli Serjio Mattarella ikkinchi muddatga qayta saylandi.
Shanba kuni parlament palatalari va viloyatlar vakillarining Rimdagi qo‘shma yig‘ilishida ovoz berishning sakkizinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki yettilikda Mattarellaning vorisini saylashning imkoni bo‘lmadi va parlament koalitsiyasiga kirgan partiyalar unga ovoz berishga chaqirildi.
Prezidentning o‘zi avvalroq nomzod sifatida qatnashmasligini bildirgan edi. Ammo keyin u yetti yillik muddat tugagunga qadar iste'foga chiqishi mumkinligi sharti bilan rozi bo'ldi. Italiya tarixida shu kungacha prezident faqat bir marta ikkinchi muddatga qayta saylangan.
Mattarellaning qayta saylanishi bilan muvaffaqiyatli inqiroz boshqaruvchisi hisoblangan Bosh vazir Mario Dragi o'z lavozimida qolishi mumkin, deya taxmin qilmoqda tahlilchilar. Dragida ham prezidentlikka saylanish imkoniyati bor edi, biroq hukmron koalitsiyadagi ko‘plab partiyalar uning ketishidan qo‘rqdi, bu esa hukumatlarning qulashi va siyosiy inqirozga olib kelishi mumkin edi.






