Mavlut Chavusho‘g‘li:

Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li Qo'qon universitetiga tashrif buyurdi va taʼlim dargohi faoliyati bilan tanishdi.
Turkiya TIV rahbariga universitetni rivojlantirish va taʼlim jarayonida yangi uslubni qo‘llashga doir taqdimot namoyish etildi. Mavlut Chavusho‘g‘li, o‘z o‘rnida, Qo‘qon universitetiga Turkiyaning turizm sohasi ekspertlarini yo‘llashga tayyor ekanini maʼlum qildi.
"Qo'qon universiteti Qo'qondek boy tarixga ega shaharga monand universitet bo'libdi",- deya e'tirof etdi Chavusho‘g‘li.






