McDonald's, Coca-Cola va Starbucks kabi gigantlar ham Rossiyaga boykot e’lon qildi

Ukrainadagi bosqin tufayli ushbu 3 yirik kompaniyalar Rossiyada faoliyatini to'xtatgan firmalar ro'yxatiga qo'shildi.
McDonald's Rossiyadagi 850 ga yaqin restoranini, Starbucks esa 100 ta qahvxona vaqtincha yopilayotganini ochiqlashdi.
McDonald's bu harakat "Ukrainadagi noo’rin azob-uqubatlarga" javob ekanligini ta’kidladi.
McDonald's Rossiyadagi 62 000 ga yaqin xodimiga maosh to'lashda davom etishini aytdi. Firma, shuningdek, u yerda ta'minot zanjiri bilan bog'liq muammolarga duch keldi.
BoycottMcDonalds va #BoycottCocaCola kabi heshteglar dushanba va dam olish kunlari Twitterda trend bo'ldi.
Seshanba kuni Coca-Cola Rossiyada o'z faoliyatini to'xtatayotganini ma'lum qildi. Kompaniya Rossiyadagi idishlarni quyish va tarqatish biznesida taxminan 20% ulushga ega.
Starbucks, shuningdek, mamlakatdagi barcha biznes faoliyatini, shu jumladan Starbucks mahsulotlarini jo'natishni to'xtatishini e'lon qildi.
Kofe tarmog‘ining mamlakatdagi litsenziati Rossiyada ishlayotgan 100 dan ortiq do‘konlarini vaqtincha yopadi. Litsenziya egasi, Quvaytda joylashgan Alshaya Group o'zining 2000 ga yaqin xodimlariga ish haqini to'lashni davom ettiradi, dedi Starbucks.






