MDH davlat rahbarlari yangi yil oldidan norasmiy sammit o’tkazishi mumkin

“RIA Novosti” xabariga ko’ra, Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov 2022-yil oxirigacha MDH yetakchilari o’rtasida sammit o’tkazilishi mumkinligini ma’lum qilgan.
“Yangi yil oldidan shunday yig‘ilish o'tkazish g'oyalari bor, MDH sammitini nazarda tutayapman. Barcha kelishuvlar yakunlangach, biz tegishli e’lon beramiz”, — degan Peskov.
P.S. MDH tarkibiga: Ozarbayjon, Аrmaniston, Belarus, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʼzbekiston kiradi.






