MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi

MDH ijroiya qoʼmitasi raisi Sergey Lebedevning maʼlum qilishicha, 26-27-dekabr kunlari Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi boʼlib oʼtadi.
“Keyingi hafta MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining Sankt-Peterburgda muhim norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Rossiya prezidentining taklifiga binoan bu uchrashuv 26-27 dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Umid qilamizki, bu bizning hamkorligimizga qoʻshimcha turtki beradi”, — deya ta'kidlagan Lebedov.






