Media loyihalar – mamlakatning turistik tashrif qog‘ozi

“Ipak yo‘lida turizm” (TITF-2022) Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi doirasidagi Forumning “Media loyihalar – mamlakatning turistik tashrif qog‘ozi” nomli birinchi sessiyasi tashkil etiladi.

Sessiyaning birinchi ma’ruzachisi - taniqli jurnalist, bloger va “Эффект Макаренко” Telegram kanalining muallifi, musiqachi va “ЭЛЕКТРООКО” guruhining frontmeni Nikita Makarenko o‘z taqdimotida fuqarolarni musiqa va noyob videokontent yordamida sayohatga qanday jalb qilish mumkinligi haqida so’z yuritadi.

Sessiyaning navbatdagi ma’ruzachisi “Premium STUFF” prodyuserlik markazi asoschisi Vadim Ivankov “UZBEKISTAN VIBE”– Turizm sanoati yosh avlod nigohida” noyob loyihasini taqdim etadi.

Uchinchi ma’ruzachi, “Venkon Communications” PR agentligi, shuningdek, “Локации uzb” sayyohlik loyihasi asoschisi va rahbari Abror Ismoilov “Локации Узбекистана” mamlakatning o‘rganilmagan go‘shalarini targ‘ib qilish uchun o‘ziga xos platformaga aylanishi haqida ma’lumot beradi hamda YouTube tarmog’ida yangi sayohat shousini taqdim etadi.

Shuningdek, ma’ruzachilar orasida “Bright Uzbekistan” xalqaro loyihasi asoschisi Davron Abdullaev loyiha faoliyati haqida ma’lumot beradi.

Bundan tashqari, xalqaro turizm sohasidagi ekspert Asel Smolyar ham raqamli medialar turizm mahsulotlarini muvaffaqiyatli va jozibador qilishi, turizmni rivojlantirishga izchil ta’sir ko‘rsatishi va mamlakatning turizm salohiyatini ochib berishi haqida so‘zlaydi.