MEDIACAMP loyihasiga start berildi
Xojikent dam olish maskanida OAV hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari ishtirokida MEDIACAMP loyihasiga start berildi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari -Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Yoshlar agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev, Press-klub rahbari Sherzodxon Qudratxo‘ja ochib berishdi.
Loyiha doirasida turizm, sport, madaniy meros, kino va ommaviy kommunikatsiyalar yo‘nalishlarini rivojlantirishga doir seminar va treninglar o‘tkaziladi.