Men xalqim bilan qoldim – Ukraina Prezidenti

Zelenskiyning aytishicha, oʼtgan sutkada 137 nafar ukraina askari halok boʼlgan, yana 316 nafari yaralangan.
Zelenskiy Kievda qolganini ham taʼkidladi — "Men xalqim bilan qoldim". " Vatanimiz himoyasida yolgʼiz qoldik. Hamma qoʼrqayapti, hech kim biz bilan jang qilmoqchi emas", — deya qoʼshimcha qildi Ukraina Prezidenti. "Biz Rossiya bilan xavfsizlik kafolatlari, Ukrainaning neytral maqomi haqida gaplashishdan qoʼrqmaymiz. Muhimi: kafolatlar qanday boʼlishi va qaysi davlatlar kafolat berishi", — dedi Zelenskiy.






