«Mendirman Jaloliddin» serialining 2-mavsum taqdimoti o'tkazildi

Joriy yilning 14-yanvar kuni Zo'rtv telekanali "Renessans Hall" asosiy zalida Jasoratning so'nmas siymosi, millatimizga xos an'ana va qadriyatlarni keng targ'ib qila oladigan "Mendirman Jaloliddin" tarixiy serialning 2- mavsumi premyerasi bo'lib o'tdi.

Turkiyaning "Bozdag' film" kinokompaniyasi tomonidan suratga olingan "Mendirman Jaloliddin" seriali buyuk ajdodimiz Sulton Jaloliddin Manguberdining nafaqat Vatanimiz, miqyosidagi balki butun Sharq olamida, shuningdek, jahon tarixida tutgan o'rni haqida hikoya qiladi.

Ta'kidlash joizki, o'zbek va turk ijodkorlari hamkorligidagi ushbu serial yurtimiz teleasarlari tarixida burilish yasay oldi. Tomoshabinni Manguberdi yashagan davrga olib tushdi, yoshlarni jasur va dovyurak bobolarimizga qayta tanishtirib, ularga nisbatan mehr uyg'otmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2019-yil sentabr oyida Toshkentda "Mendirman Jaloliddin" seriali ustida ish boshlanishidan oldin "Jaloliddin Manguberdi: hayot va filmlardagi badiiy mujassamlik" xalqaro ilmiy- amaliy konferensiyasi bo'lib o'tgan edi va filmning g'oyaviy talqini va ssenariysi muhokama qilingandi.