Mercedes-Benz mashinalarida tezlanish uchun endi pul to'lanadimi?

Mercedes-Benz AQShda elektromobillarini belgilangan tezlikka tezroq chiqishlari uchun onlayn obuna xizmatini taklif qilmoqchi.

Yillik to'lovi 1200 AQSh dollari (991 funt) bo'lgan (soliqlarni hisobga olmaganda), kompaniya ba'zi avtomobillariga 0-60 milya tezlikka odatdagidan 1 sekund tezroq chiqishlari imkonini beradi. Bu raqobatchi BMW ishlab chiqaruvchisi shu yil boshida O'rindiqlarni isitish uchun obuna taklif qilganidan keyin sodir bo'ldi.

Mercedes hozirda Buyuk Britaniyada "tezlanishni oshirish"ni joriy etishni rejalashtirmaganligini tasdiqladi. AQShda ushbu obunani Mercedes-EQ eqe 350 va EQS 450 rusumli avtomashinalarda, shuningdek ularning "SUV" analoglarida sotib olish mumkin bo'ladi.

Amerikaning Mercedes onlayn-do'koniga ko'ra, bu xususiyat avtomobil dvigatelining quvvatini, shuningdek, aylanish tezligini "elektron tarzda oshiradi".

Umuman olganda, kompaniyaning hisob-kitoblariga ko'ra, bu quvvatni 20-24 foizga oshirishni anglatadi, bu esa Mercedes-EQ 350 "SUV"ni 0-60 milya tezlikka 5,2 soniyada(obunasiz 6,2 soniya) chiqish imkonini beradi.