Mercedes qariyb 1 million avtomobilni qaytarib olmoqda

Nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi Mercedes-Benz butun dunyodan qariyb 1 million eski avtomobillarni qaytarib olmoqda. Bunga sabab sifatida tormoz tizimidagi muammolar deb qaralmoqda.

O’tgan hafta oxirlarida kompaniya avtomobil egalari bilan bog'lanishini aytdi. Muoammo ushbu eski avtomobillarning tormozlarida yuz berayotgan kuchli korroziyada.

Jami 993 407 ta avtomobil, shu jumladan Germaniyadan 70 000 ta avtomobil zavodlarga qaytarilmoqda.

"Biz ushbu transport vositalarining ba'zilarida tormoz kuchaytirgichining faoliyatiga korpusning qo'shma qismidagi korroziya jiddiy ta'sir qilishi mumkinligidan xavotirdamiz", dedi Mercedes shanba kuni bayonotida.

"Ayniqsa kuchli yoki qattiq tormoz harakati tormoz kuchaytirgichiga mexanik shikast yetkazishi mumkin", deya ta'kidlandi.

"Bu kabi kamdan-kam hollarda, “xizmat” tormozi orqali avtomobilni sekinlashtirishning iloji yo'q. Shu asnoda, halokat yoki jarohatlanish xavfi ortadi", - deya qo'shimcha qilindi.

Mercedes zudlik bilan transport vositalarini tekshirishni va joiz bo’lsa, ehtiyot qismlarni almashtirishni boshlashini ma’lum qildi.