Meta aksiyalari 13 foizga oshdi

“Meta”ning aksiyalari 13 foizga oshdi ammo, korporatsiya daromadlarining bu yilgi choraklik oʼsishi soʼnggi oʼn yildagi eng past koʼrsatkich deya qayd etildi.

Kompaniya maʼlumotiga koʼra, “Meta”ning qimmatli qogʼozlari oʼsishiga tarmoqning faol foydalanuvchilari bilan bogʼliq choraklik hisobot sabab boʼlgan.

Korporatsiya platformasidan yiliga 1,96 milliard kishi foydalanadi. Bu koʼrsatkich mutaxassislar taxmin qilgan natijadan ancha yuqori.