Meta aksiyalari 20% ga tushib ketdi

Facebook chorshanba kuni sarmoyadorlarni hayratda qoldirdi. Bu kompaniyaning metaverse deb ataladigan ko'rinishiga katta mablag' sarflagani va bir vaqtning o'zida mavjud xizmatlaridagi reklama muammolariga duch kelgani sababli daromadi kamayganini e'lon qildi.
Facebook nomi bilan tanilgan kompaniya o'tgan yilning so'nggi uch oyida qariyb 10,3 milliard dollar sof daromad keltirdi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 8 foizga kamroq bo’lib, Wall Street tahlilchilari prognozlaridan ham pastroq ko’rsatkich.
Daromadning pasayishi Meta VR (Virtual reallik) va AR (kengaytirilgan reallik) texnologiyalariga katta miqdorda sarmoya kiritayotganida vujudga keldi.
Hisobotdan keyin Meta aksiyalari ish soatlaridan keyingi savdolarda 23% ga tushib ketdi.






