Meta delegatsiyasi ushbu kuzda O'zbekistonga tashrif buyuradi

AQShning Meta (Facebook) kompaniyasi delegatsiyasi shu yilning kuzida o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish uchun O'zbekistonga tashrif buyuradi.
Bu haqda AQShning O'zbekistondagi elchisi Javlon Vahobov va Xitoy, Mo'g'uliston va Markaziy Osiyodagi Meta mintaqaviy vakili Jorj Chenning muzokaralari yakunida ma'lum bo'ldi.
Chen, Meta O'zbekiston tomonining yaqin o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish istagini bildirganini aytdi. U O'zbekistonning IT va raqamli texnologiyalar sohasidagi iqtidorli mutaxassislarini tayyorlashda, xususan, qo'shma treninglar tashkil etish va mamlakatimizga innovatsion loyihalarni jalb etish orqali ko'maklashishga tayyorligini bildirdi.






