Meta minglab xodimlarini ishdan bo‘shatmoqchi

“Wall Street Journal”ning manbalarga tayanib xabar berishicha, Meta Platforms shu hafta xodimlarni qisqartirishi haqida e’lon qilmoqchi. Qayd etilishicha, e’lon 9-noyabr kuni ma’lum qilinib, minglab xodimlar ishdan bo‘shatiladi.

Korporatsiyada jami 87 mingdan ortiq kishi ishlaydi. Nashr aynan qancha xodim ishdan bo‘shatilishiga aniqlik kiritmagan, biroq foizlarda bu Twitterdagi qisqartirishlardan kamroq ekani qayd etilgan. Noyabr oyida Ilon Mask Twitterni sotib olinganidan so‘ng kompaniya xodimlarining yarmini ishdan bo‘shatgan edi.