Meta samaradorlikni oshirish maqsadida minglab xodimlarni ishdan bo'shatadi

Facebook va Instagramni o'z ichiga olgan Meta kompaniyasi minglab xodimlarni ishdan bo'shatishga tayyorlanmoqda. Olti oydan kamroq vaqt oldin kompaniya shtatning 13 foizini qisqartirgan edi, deb xabar beradi Bloomberg.

Qisqartirishlar asosi moliyaviy maqsadlar va reklama beruvchilar byudjetining qisqarishi bilan bog'liq, dedi Bloomberg manbalari. Meta vakili ushbu rejalar haqida izoh berishdan bosh tortdi. Seshanba kuni kompaniyaning Nyu-Yorkdagi premarketdagi aktsiyalari 1,6 foizga o'sdi va 187,9 dollarni tashkil etdi.

2022-yil kuzidan beri dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq ishga arizalarni qabul qilishni to'xtatdi va xarajatlarni minimallashtirishni boshladi. Kompaniya, shuningdek, muhim emas deb hisoblagan butun jamoalarni ishdan bo'shatish orqali tashkiliy tuzilmasini soddalashtirish ustida ishlamoqda.

O'tgan yilning noyabr oyida u katta qisqartirishlarni amalga oshirdi. "Men jamoamizni taxminan 13 foizga qisqartirishga va 11 000 dan ortiq iqtidorli xodimlarimizni ishdan bo'shatishga qaror qildim", dedi Tsukerberg o'sha paytda xodimlarga yo'llagan maktubida.