Metro yo‘lovchilari soni kuniga 200 mingdan oshishi prognoz qilinmoqda

Toshkentda sentabr oyidan boshlab metropolitendan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan kuniga 200 mingdan oshishi kutilmoqda. Prognozlarga ko‘ra yo‘lovchilar sentabr oyida bir kunda 550-580 ming, oktabr oyida esa 600 mingga yetadi.

Toshkent metropoliteni yo‘lovchilardan metropolitendan foydalanish qoidalariga amal qilishlarini so‘ramoqda.

“Harakatlanish vaqtida o‘zaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik, manzilga kelgach, poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanmaslik, shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik talab etiladi”, — deyiladi xabarda.