Novza metro stansiyasining piyodalar o‘tish yo‘llarida savdo maydonchalari tashkil etiladi

Toshkent metropoliteniga savdo maydonchalari qaytarilib, ularning faoliyati tajriba tariqasida "Novza" metro stansiyasining piyodalar o‘tish yo‘llarida tashkil etiladi. Yer osti va yer usti metro bekatlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 2-fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, jamoat transporti tizimini kompleks rivojlantirish, yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan.






