Microsoft eng yirik onlayn kinoteatr Netflixni sotib olmoqchi

“Reuters” xabariga ko’ra, Microsoft 2023-yilda Netflixni sotib olishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha bitim qiymati 190 milliard dollarni tashkil etishi mumkin.

Agentlik xabariga ko'ra, ikkala kompaniya "allaqachon chambarchas bog'langan". Netflix yangi obuna xizmati uchun reklama hamkori sifatida Microsoftni tanlagan bo’lsa, Microsoft prezidenti Bred Smit esa allaqachon Netflix direktorlar kengashida ekani qayd etilgan.