Microsoft o'z blogida Internet Explorer to'xtatilganini e'lon qildi

AQSHning Microsoft kompaniyasi Internet Explorer 11 (Internet Explorerning so‘ngi assosiy versiyasi)ni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi.

Asosiy yordamni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror joriy yilning 19-may kuni “IT-giganti” tomonidan qabul qilindi.

Ushbu chora Windows operatsion tizimining ba’zi versiyalariga ta’sir ko‘rsatmasligi aytib o‘tildi. Xususan, brauzer Windows 10 LTSC versiyasi uchun ishlashda davom etadi.

Microsoft, Internet Explorer bilan bog‘liq qarorini uning "eskirganligi" bilan izohladi. Brauzerning asosiy funksiyalari 2015-yilda ishga tushirilgan Microsoft Edgega o‘tkazildi. Xususan, ushbu brauzer eski yoki zamonaviy veb-saytlar hamda ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

“Microsoft Edge shu va boshqa funksiyalarni bajarishga qodir bo‘lganligi sababli, Internet Explorer 11 ilovasi “dam olish” uchun yuboriladi, uning qo‘llab-quvvatlanishi 2022-yil 1-iyunda to‘xtaydi”, deyiladi IT-kompaniya xabarida.

Mijozlar, xususan Internet Explorer foydalanuvchilari uchun Microsoftda eski brauzerdan Microsoft Edgega o‘rnatilgan moslik rejimi orqali foydalanish maslahat berilmoqda. Ushbu funksiya kamida 2029-yilgacha qo‘llab-quvvatlanadi. Shu bilan birga, kompaniya ushbu parametrni qo‘llab-quvvatlash to‘xtatilishidan bir yil oldin foydalanuvchilarga bu haqda xabarnoma yuborishini ta’kidlamoqda.