Microsoft Rossiyada mahsulot sotishni to'xtatdi

Mamlakat Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Microsoft Rossiyada o‘z mahsulotlari va xizmatlarini sotishni to‘xtatdi.
Microsoft hukumat sanksiyalariga rioya qilish uchun Rossiyadagi biznesining boshqa jihatlarini to'xtatib qo'yganini aytdi.
Shuningdek, Microsoft Ukrainaga Rossiya tomonidan boshlangan kiberhujumlardan himoyalanish uchun kiberxavfsizlik boʻyicha yordam koʻrsatayotgani qoʻshimcha qilgan.
"Urush boshlanganidan beri biz Rossiyaning pozitsiyasini aniqlashga, Ukrainaning 20 dan ortiq hukumati, axborot texnologiyalari va moliyaviy sektor tashkilotlariga qarshi halokatli yoki buzg'unchi choralariga qarshi harakat qilmoqdamiz", dedi Microsoft prezidenti Bred Smit o’z bayonotida.






