Midjourney sun’iy intellekti “O‘tgan kunlar” romanidagi Otabek va Kumush portretlarini yaratdi

Sun’iy intellekt Midjourney Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani bosh qahramonlarining tasviri asosida portretlar chizdi.
Portretlarni Twitter foydalanuvchisi Ahmad Sobitov o'z sahifasida chop etdi.
"O‘zbek adabiyoti muxlislari, uni targ‘ib qilmoqchi bo‘lganlar uchun bir fikr bor.
Mualliflar ta’riflari asosida kitoblar qahramonlari portretlarini yaratishga nima deysiz?
Bu qanday ishlaydi? Qahramonga berilgan ta’rifni olamiz, original tekst asosida yaxshi promt formasiga solamiz." - deb tvit qoldirdi u.






