Milliarder Ilon Mask Twitterning eng yirik aksiyadorlaridan biriga aylandi

Tesla rahbari Ilon Mask 14-mart kuni Twitterning 73,486,938 ta aksiyasini sotib oldi va kompaniyaning 9,2 foiz ulushiga ega bo'ldi.
Shuningdek, ma'lumotlarga ko'ra, Twitterning juma kungi yakuniy narxiga asoslanib, ulush 2,89 milliard dollarni (2,20 milliard funt sterling) tashkil etdi.
Mask 80 milliondan ortiq obunachiga ega bo’lgan Twitter foydalanuvchisi, bundan tashqari u yaqinda yangi ijtimoiy media platformasini yaratish haqida "jiddiy o'ylayotganini" ham aytgan edi.






