«Milliy sport mukofoti-2022» taqdirlash marosimi

Kuni kecha “Milliy sport mukofoti-2022” oʼz egalariga topshirildi. Tadbirni Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov ochib berdi. Mukofotlar “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi”,” Yil kashfiyoti”, “Yilning eng yaxshi hakami”, “Yilning eng yaxshi sport shifokori” kabi bir qancha nominatsiyalarlarda o’z egalariga topshirildi.

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Gulsevar Gʻaniyeva (boks)
Yil kashfiyoti: Sharifa Davronova (yengil atletika)
Yilning eng yaxshi hakami: Eshpoʻlat Hidoyatov (sport kurashlari)
Yilning eng yaxshi sport shifokori: Rustem Ablyalimov (velosport)
Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Azizbek Boynazarov (para suzish)
Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Bobur Qoʻziyev (para taekvondo)
Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Guljanoy Naimova (para taekvondo)
Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Server Ibragimov (para oʻq otish)
Amputantlar futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun: Rustam Mehmonov (“Matonat futbol” nogiron-amputantlar futbolini rivojlantirish markazi raisi)
Futbol boʻyicha amputantlar terma jamoasi fidoyisi: Baxtiyor Rajabov (Futbol boʻyicha amputantlar terma jamoasi faxriysi)
Yilning eng yaxshi para sport klubi: Sport kurashlari klubi
Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Kamoliddin Alimov (olamsport.com)
Yilning eng faol sport targʻibotchisi: Timur Nizayev («Pravda Vostoka» gazetasi)
Yilning eng yaxshi matbuot xizmati: Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi (Vitaliy Judro)
Olimpizm targʻiboti yoʻlidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Anvar Avazxoʻjayev
Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi
Yilning eng yaxshi federatsiyasi: Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi
Sport tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha eng yaxshi tashkilotchi: Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi
Sport sohasidagi koʻp yillik xizmatlari uchun: Birodar Abduraimov (Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi )
Milliy sport turlarini ommaviylashtirishga qoʻshgan hissasi uchun: Nigʻmatilla Yoʻldoshev (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokurori, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi)
Xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun: Tanzila Narbayeva (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbari)
Yoshlarni sogʻlom turmush tarziga jalb qilishdagi xizmatlari uchun: Abdusalom Azizov (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari)
Xalqaro tadbirlarning eng yaxshi tashkilotchisi: Osiyo Olimpiya kengashi
Yilning eng yaxshi murabbiyi: Ilias Iliadis (Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi)
Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Svetlana Osipova (taekvondo WT boʻyicha jahon chempioni)
Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Muzaffarbek Toʻraboyev (dzyudo boʻyicha jahon chempioni)