Minskda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga tegishli A-320 samolyotining qo‘nishi chog‘ida kichik hodisa yuz berdi

17-yanvar kuni soat 13:35 (Toshkent vaqti bilan) “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining HY-709 Toshkent-Minsk reysini amalga oshirayotgan Airbus A-320 layneri qor yog‘ishi va bo‘ron sharoitida Minsk milliy aeroportiga qo‘ndi. Qo‘nish muvaffaqiyatli o‘tdi, biroq parvoz oxirida samolyot burun tirgaklari bilan uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi.
Samolyot bortida 11 nafar ekipaj aʼzosi va 115 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Odamlarga ham, jihozlarga ham zarar yetmagan.